Serjino Dest "Barselona"ni tark etmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2021
Himoyachiga uchta ligadan taklif kelib tushgan.

Xabarga ko'ra, Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Serjino Dest klubni tark etmoqchi emas. Futbolchiga bir nechta ajoyib takliflar bo'lmoqda, jumladan, Londonning "Arsenal", Dortmundning "Borussiya"si va Fransiyaning "Monako"sidan takliflar kelib tushgan, ammo futbolchi ushbu takliflarni ko'rib chiqmadi. U "ko'kanorranglilar" lagerida uzoq vaqt qolishni va jamoada o'z o'rnini topishni xohlaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Diario