Dest: "U yerda Xavi bor ekan, men uchun barchasi qiyin"

Mirjalol Normatov
18 yanv 2024
Himoyachi Serjino Dest "Barselona"ni Xavi boshqarar ekan, jamoaga qaytishi ehtimoli pastligini aytdi.

"Xavi hali ham "Barselona"da. Shu sababli u erga qaytishim juda qiyin.

Kelajagim PSV bilan bog'langanmi? Bunga "Barselona" yoki PSV javob berishi kerak. Umuman olganda bu haqda gapirishga erta, mavsum yakunlanganidan keyin buni muhokama qilamiz. Balki qolarman, balki ketarman. Biroq hozir qaror chiqarish vaqti emas", - dedi Dest.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Voetbal International