Sergey Kucherenko: “Yangi mavsumda muxlislar uchun qulayliklar yaratiladi”

Narzulla Saydullayev
15 fev 2019
“Nasaf” bosh menejeri Sergey KUCHERENKO klub matbuot xizmatiga yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi.

- 2019  yilgi mavsum uchun har jabhada munosib tayyorgarlik  tayyorgarlik ko'rishga intilayapmiz.  Xabaringiz bor,  o'n nafar futbolchilarimz OTJ ga taklif qilinganidan so'ng Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi bosh jamoamiz yig'inni dastlab Qarshida, hozir esa poytaxtda olib bormoqda. Biz esa  tashkiliy masalar bo'yicha shug'ullanmoqdamiz. Xususan asosiy tarkib o'quv-mashg'ulotlar yig'ini bazasida rekonstruciya ishlari tugallandi. Yoshlarimizning Batosh qo'rg'onchasidagi   bazasida nafaqat o'rinbosarlar jamoasi, balki mehmon jamoa uchun ham   yangi qulayliklar yaratilmoqda.

- O'rinbosarlarimiz jamoasining tayyorgarligi haqida ham fikrlaringizni bilmoqchi edik...

- O'rinbosarlarimiz 26 yanvardan o'z qarorgohlarida yig'ilib ikki mahaldan mashg'ulot olib borishmoqda.  O'tgan mavsum U-18 jamoasining asosiy o'zagi o'rinbosarlarimiz tarkibiga kelib qo'shilishdi. Xususan o'rinbosarlar murabbiylari shtabida ham o'zgarish ro'y berdi. Shu kungacha “Nasaf” futbol maktabida faoliyat yuritgan Eldor Moyliev endilikda Zafar Holmurodov bilan birgalikda yoshlarimizni tarbiyalashadi. O'rinbosarlarimiz hozir Qarshida “Viloyat  hokimi kubogi-2019”da qatnashishmoqda. Bu musobaqa o'rinbosarlarimiz uchun mavsum tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

- “Markaziy” stadionda ham ta'mirlash ishlari davom yakuniga etay deb qoldi...

- Stadionimiz Respublikadagi eng ko'zga ko'ringan o'yingohlardan biri hisoblanadi. Bunday stadionni bunyod etish oson emas, uni ajoyb holda saqlash undanda qiyin ish. 2019 yilgi mavsumga  tayyorgarlik ishlari nafaqat jamoalarimizda, balki muhtasham stadionimizda ham davom etmoqda. Maydon holatini  saqlash uchun kerakli mineral o'g'itlar bilan ishlov berib yopib qo'yganmiz. Bu yilgi mavsum uchun muxlislarga yangidan-yangi qulayliklarni yaratishni rejalashtirganmiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz