Sergey Arslonov: "Muxlislar tomonidan tayyorlangan sovg'alar biz uchun kutilmagan bo'ldi"

Mirjalol Normatov
1 dek 2023, 19:50
Coca-Cola Superliganing 26-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Surxon" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Klub muxlislarini va rahbariyatini g'alaba bilan tabriklayman. Jamoa o'yinida muvozanat bo'ldi, aytaylik hujumda ham, himoyada ham. Yigitlar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi.

- Siz o'yin vaqtida "Andijon" ishtirokidagi uchrashuv natijasini kuzatib bordingizmi?

- Yo'q, telefonim yonimda emasdi. Agar imkoniyat bo'lganida ham bunga fursat topa olmasdim ehtimol. Chunki bor e'tiborimiz faqat o'zimizning o'yinga qaratilgandi.

- Jamoa muxlislari siz va legionerlar uchun milliy chopon taqdim etishdi. Taasurotlar qanday?

- Albatta, bu juda yoqimli va yaxshi. Ochig'i, biz uchun kutilmagan xolat bo'ldi. Biz uchun eng yaxshi muxlislar "Surxon" ishqibozlari hisoblanishadi. Ular butun mavsum davomida hech qanday masofaga qaramasdan bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia