Sergey Rebrov: "Florenciyaga sayohat uchun kelganimiz yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
23 apr 2015
Kievning "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyi Sergey Rebrov "Fiorentina"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, jamoalarning Kievdagi dastlabki o'yinlarida 1:1 hisobi qayd etilgandi.

"Fiorentina"ga qarshi birinchi o'yinda yo'l qo'ygan xatolarimizni tahlil qilib chiqdik. Bu umuman boshqacha o'yin bo'ladi. Barcha futbolchilarim maydonga faqat g'alaba uchun chiqadilar. Ular o'yinga tayyorlar.

Ushbu o'yin juda muhim hisoblanadi. Bu erga Florenciyani sayohat qilish uchun kelganimiz yo'q", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru