Sergeev Asror Aliqulovni ortda qoldirdi, Shomurodov Shackixning rekordiga yaqinlashdi. Erkinov esa oxirgi 3 bahsda 2 gol urdi

Eldor Akmurzayev
17 noya 2022
Kecha, 16 noyabr kuni O'zbekiston TJ o'z maydonida Qozog'istonni 2:0 hisobida taslim etishga erishdi.

Uchrashuvda hisobni ochgan Hojimat Erkinov termadagi 2-golini urishga erishdi. U 14-o'yinida qatnashdi. Bundan oldinroq futbolchi Kamerun (2:0) darvozasini ishg'ol etgandi.

Eldor Shomurodov esa termadagi 60-uchrashuvini o'tkazdi va bu borada Viktor Karpenko bilan tenglashdi. U gollari sonini 33 taga etkazib, Maksim Shackixning rekordi (34 ta)ga yaqinlashdi.

Shuningdek, “Tobol” forvardi Igor Sergeev O'zbekiston milliy jamoasida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchilar ro'yxatida Asror Aliqulovni quvib o'tdi. U 83-daqiqada Eldorning o'rnini egalladi. Bu borada rekord esa Server Jeparovga tegishli.

O'zbekiston MTJ safida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan o'yinchilar:

1. Server Jeparov - 128 o'yin;

2. Timur Kapadze – 118;

3. Odil Ahmedov – 108;

4. Ignatiy Nesterov – 105;

5. Anzur Ismoilov – 102;

6. Aleksandr Geynrix – 97;

7. Aziz Haydarov – 83;

8. Islom To'xtaxo'jaev – 74;

9. Vitaliy Denisov – 72;

10. Mirjalol Qosimov – 67;

11. Igor Sergeev – 65.

Eslatib o'tamiz, Srechko Katanets shogirdlari 20 noyabr kuni Toshkentda Rossiya terma jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 17:00 da “Paxtakor” markaziy stadionida boshlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia