Serbiya JCHga chiqqani uchun 1 mln evro oldi va uni xayriya qildi

Sherzod Nurmatov
16 noya 2021
Aytish joiz, serbiyalik futbolchilar xayrli ishga qo'l urishdi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich vadasiga ko'ra, agar Portugaliya mag'lub etilsa, 1 million evro to'lanishi lozim edi. 

Va shunday ham bo'ldi, yani serbiyaliklar g'alaba qozonib, Qatardagi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Mamlakat rahbari o'z vadasida turdi, biroq o'yinchilar pulni olishmadi.

Aytishlaricha, futbolchilar o'yin boshlanishidan oldin erishiladigan pulni bemor bolalar hisob raqamiga o'tkazishga kelishib olishgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: thebridge.in