"Sent-Eten" Malkomni ijaraga olishni xohlamoqda

Alisher
8 iyul 2019
"Barselona" yarim himoyachisi Malkom Fransiya klubi qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

"Sent-Eten" Kataloniya klubi bilan Malkomning ijarasi masalasida aloqaga chiqqan.

Bu muloqot o'tgan hafta "Barselona" o'yinchisi Serxi Palensiyaning "Sent-Eten"ga o'tishi paytida sodir bo'lgan.

22 yoshli Malkom yakunlangan mavsum La Ligada 15ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, forvard kataloniyaliklar tarkibiga "Bordo" klubidan kelib qo'shilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport