"Senga nima kerak? O'chir ovozingni!" Italiyalik Verratti Gvardiolaga ispan tilida murojaat qildi

Alisher
29 apr 2021
PSJ yarim himoyachisi Marko Verratti "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaga Chempionlar Ligasi yarim final o'yini (1:2) doirasida murojaat qildi.

Verrattining "podkat"laridan biridan so'ng Gvardiola hakamga italiyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatishini so'rab murojaat qildi.

Verratti javoban ispan tilida murabbiyga qarab qichqirdi: "Senga nima kerak? O'chir ovozingni!"

Javob o'yini 4 mayda Manchesterda bo'lib o'tadi.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: Football Italia