Senegalda Sadio Manening nomiga stadion quriladi

Mirjalol Normatov
11 fev 2022
"Liverpul" hamda Senegal termasi futbolchisi Sadio Manening vatanida uning nomiga stadion ataladi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, hozircha loyihasi to'liq bitkazilmagan stadion 2023 yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi va u Manening nomi bilan ataladi.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina bo'lib o'tgan Afrika Kubogida Senegal termasi o'z tarixidagi ilk sovrinni qo'lga kiritdi. Finaldagi penaltilar seriyasida Mane ham ishtirok etib, gol urishga erishdi.

Ushbu mavsumda Mane APLda 20 o'yinda qatnashib, 8 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail