Selyuk: "Yaya Ture mavsum oxirida Gvardiola haqida barcha haqiqatni aytib beradi"

Aslanov Jasurbek
21 sen 2016
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Turening agenti Dmitriy Selyukning ma'lum qilishicha, uning mijozi jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan kelishmovchilikka qaramay, o'z shartnomasini oxirigacha o'tamoqchi.

"Yaya Ture professional. U barcha talablarni bajaradi, mavsum oxirida esa boshini ko'tarib klubni tark etadi. Agar klub unga to'lashni davom ettirmoqchi bo'lsa va uni maydonga tushirishni istamasa, bu ularning huquqi. Ammo shartnoma yakunlanganidan so'ng Yaya Gvardiola haqida bor haqiqatni aytib beradi. "Siti" muxlislariga bu yoqmaydi" - deydi Selyuk.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror