Segundadan La Ligaga yo'l olgan ilk jamoa nomi ma'lum

Khoja
27 may 2025, 07:46
Segundadan La Ligaga chiqqan ilk jamoa ma'lum.

Segundaning 41-turida “Levante“ “Burgos“ni mag'lub etdi va birinchi bo'lib La Liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Valensiyaliklar 41 ta bahsdan so'ng 76 ochko to'plagan holda turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Musobaqa yakuniga 1 tur qolganida jamoa ikkinchi o'rindan pastga tushib ketmasligi aniq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, ikkinchi liganing kuchli ikki jamoasi mavsum yakunida to'g'ridan-to'g'ri La Liga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ayni vaqtda “Elche” 74 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Oxirgi yo'llanma uchun uchinchi o'rindan oltinchi o'ringacha bo'lgan jamoalar o'rtasidagi mini-turnir tashkil etiladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com