

Biz bu o'yinda g'alaba qozonishni istagandik va raqibdan ko'ra mazmunliroq o'ynagandik. Lekin Sloveniya darvozamizga yo'l topa bildi va biz mehmondan quruq qo'l bilan qaytadigan bo'ldik. Gol urishimiz uchun imkoniyatlar bo'ldi, ammo ulardan unumli foydalana olmadik. Bu bizning eng katta xatoimiz bo'ldi. Natijadan ranjidik. Lekin olg'a intilishda davom etishimiz zarur.



