Sebastyan Kel "Borussiya"ning sardorlik bog'ichidan voz kechdi

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2014
Borussiya yarim himoyachisi Sebastyan Kel yangi mavsumda sardorlik bog'ichini taqmaydi, deb xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Futbolchi bu qarori haqida murabbiylarga ma'lum qildi. Klubning yangi sardori nomi yaqin orada xabar qilinadi. Borussiyaning vice-sardori Roman Vaydenfeller hisoblanadi.

Kel 2001 yildan buyon dortmundliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net