“SBS Cup” (U-19). O'zbekiston “Shizuoka”ni penaltilar seriyasida mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
25 avg 2022
Yaponiyada bo'lib o'tayotgan “SBS Cup” turniring ilk turida mezbonlar vakili - “Shizuoka” va O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bellashdi.

Mazkur bahs so'nggi daqiqalargacha murosasiz tarzda kechdi va yakunda jangovar durang qayd etildi - 3:3. Penaltilar seriyasida esa hamyurtlarimiz 4:3 hisobida zafar qozondi.


“Shizuoka” - O'zbekiston 3:3 (3:4)

Gollar: Ei Gyotoku 18, Ryuta Takahashi 47, Mahmud Jo'raboev 52, Nodirbek Abdurazzoqov 68, Keisuke Goto 82, Muhammadali Usmonov 87.

“Shizuoka” jamoasining boshlang'ich tarkibi: 1 Morivaki Shinichi, 2 Kazuki Matsuda, 4 Sota Yamamoto, 4 Ei Gyotoku (c), 5 Ruki Ishikava, 6 Akiya Kametani, 7 Aoi Ando, 8 Keigo Ivasaki, 10 Ryuta Takahashi, 9 Yuzuki Saito, 18 Keisuke Goto

Zaxiradagilar: Chihiro Ishizaka, Hiromu Yamato, Haru Saito, Keika Vatanabe, Shizuki Mori, Tsurugi Teraura, Kenshin Suzuki.

O'zbekiston U-19 terma jamoasining boshlang'ich tarkibi: 12 Asrorbek Kenjaev, 3 Sunnatilla Poyonov, 4 Mirkomil Abdurazzakov, 6 Aleksandr Zevadinov, 15 Javohir Utamurodov, 22 Asadbek Jo'raboev, 9 Og'abek Asadov, 17 Nodirbek Abdurazzakov (c), 19 Rustambek Fomin, 5 Tohirbek To'xtasinov, 11 Rian Islamov

Zaxiradagilar: Bayram Nadjafaliev, Diyorbek Inomov, Asadbek Kohorjonov, Daler Tuhsanov, Muhammadali Usmonov, Mahmud Jo'raboev, Elyorbek Mo'minqulov.


Eslatib o'tamiz, mazkur turnirda Yaponiya va Urugvay yoshlar terma jamoalari ham ishtirok etmoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: UFA