Saylov-2019. OFK prezidentligi va boshqa lavozimlar uchun nomzodlar ma'lum

Xayrulla Xoliqov
8 dek 2018
2019 yilning 6 aprel sanasida OFK prezidentligi uchun navbatdagi saylov jarayoni bo'lib o'tadi.

OFK Nizomiga ko'ra, OFK prezidenti hamda yangi tuziladigan Ijroqo'm a'zolari to'rt yil muddatga saylanadi va bu 2019-2023 yillarni o'z ichiga oladi. Xuddi shu kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda tashkilotning 29-kongressi ham bo'lib o'tadi.

Bugun OFK rasmiy sayti turli mansaddagi rahbarlik lavozimlari uchun nomzodlar ro'yxatini ma'lum qildi. Saylovda ishtirok etadigan nomzodlar quyidagi lavozimlar uchun o'zaro bahs olib borishadi.

- OFK prezidentligi va FIFA vice-prezidentligi
- Besh nafar OFK vice-prezidenti
- Olti nafar FIFA Kengashi a'zosi va ulardan biri FIFA ayollar Ijroqo'mi a'zosi bo'lishi
- Umumiy hisobda besh nafar ayol OFK Ijroqo'm a'zosi va ulardan biri FIFA Kengashi a'zosi bo'lishi
- To'qqiz nafar OFK Ijroqo'm a'zolari

Quyida har bir yo'nalish bo'yicha nomzodlarni keltirib o'tamiz.

- OFK prezidentligi va FIFA vice-prezidentligiga
Nomzodlar:
Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa (Bahrayn)
Saud A.Aziz Al Mohannadi (Qatar)
Mohamed Xalfan Al Romaiti (BAA)

- Besh nafar OFK vice-prezidentligiga
Nomzodlar: 

G'ARB mintaqasidan
Kosay bin Abdulaziz Al Favaz (Saudiya Arabistoni)
Saud Aziz Al Mohannadi (Qatar)
Hashim Haydar (Livan)

MARKAZIY mintaqadan
Semetey Sultanov (Qirg'iziston)
Mehdi Taj (Eron)

JANUB mintaqasidan
Maxdum Faysal Saleh Hayat (Pokiston)
Praful Patel (Hindiston)

ASEAN mintaqasidan
Dato Haji Hamiddin bin Haji Mohd (Malayziya)
Somyot Pumpanmoung (Tailand)
Tran Kuok Tuan (Vetnam)
Zav Zav (Myanma)

SHARQ mintaqasidan
Ganbaatar Amgalanbaatar (Mo'g'uliston)
Mong Gyu Chung (Janubiy Koreya)
Du Jaosai (Xitoy)
Valentino San Gil (Guam)

- Olti nafar FIFA Kengashi a'zosi va ulardan biri FIFA ayollar Ijroqo'mi a'zosi bo'lishiga
Nomzodlar:
Saud Aziz Al Mohannadi (Qatar)
Xolid Al Thebiti (Saudiya Arabistoni)
Mariano Arenata (Filippin)
Mong Gyu Chung (Janubiy Koreya)
Du Jaosai (Xitoy)
Maxdum Faysal Saleh Hayat (Pokiston)
Praful Patel (Hindiston)
Kozo Tashima (Yaponiya)
Mehdi Taj (Eron)

- Umumiy hisobda besh nafar ayol OFK Ijroqo'm a'zosi va ulardan biri FIFA Kengashi a'zosi bo'lishiga
Nomzodlar:

G'ARB mintaqasidan
Susan Al Shalabi (Falastin)

JANUB mintaqasidan
Mahfuza Kiron (Bangladesh)
Mariyam Mohamed (Maldiv)

ASEAN mintaqasidan
Kanya Koemani (Laos)

SHARQ mintaqasidan
Xan Un Gyong (KXDR)

- To'qqiz nafar OFK Ijroqo'm a'zoligiga
Nomzodlar:

G'ARB mintaqasidan
Masud Ahmad (Iroq)
Hamid Al Shaybani (Yaman)
Luay Ibrohim Al Subayei (Saudiya Arabistoni)
Shayx Salim Al VAhaybi (Ummon)
Marvan bin Galita (BAA)
Hashim Haydar (Livan)

MARKAZIY mintaqadan
Sayid Ali Rizo Agxazada (Afg'oniston)

JANUB mintaqasidan
Anura De Silva (Shri Lanka)
Karma Tsering Sherpa (Nepal)
Ugen Tsechup (Butan)

ASEAN mintaqasidan
Dato Haji Hamiddin bin Haji Mohd (Malayziya)
Joko Driyoono (Indoneziya)
Li Bun Aun Uinston (Singapur)
Kris Nikou (Avstraliya)
Somyot Pumpanmoung (Tailand)
Tran Kuok Tuan (Vetnam)

SHARQ mintaqasidan
Ganbaatar Amgalanbaatar (Mo'g'uliston)
Mong Gyu Chung (Janubiy Koreya)
Du Jaosai (Xitoy)
Valentino San Gil (Guam)
Fok Kai Shan Erik (Gonkong)
Kozo Tashima (Yaponiya)


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com