

"Bugungi turnir yaxshi saviyada tashkil etilgan. Barcha jamoalarning kuchi deyarli tenglini ko'rdik. Bir qator soha vakillari to'planib futbol o'ynadik. Sog'lom turmush tarzini doim qo'llab-quvvatlaymiz. Mamlakatimizda futzal rivojlanib bormoqda. 10 fevralda Osiyo chempionati start oladi. Unda O'zbekiston terma jamoasi munosib qatnashishiga ishonamiz. Bugun o'zimdan ancha yoshlar bilan o'ynab gol ham urdim? Albatta bunga osonlik bilan erishib bo'lmaydi. Bir oydan so'ng 63ga to'laman, har qanday yoshda sport bilan shug'ullanib turish kerak. Haftasiga 3 marta faxriylar bilan yig'ilib futbol o'ynab turamiz. Harakatda gap ko'p", - deydi Sayfiddin Ermatov.




