Saydullo Rahmatov: "Chempion jamoaga qarshi o'yinlar doim qiyin kechgan”

Narzulla Saydullayev
28 okt 2019, 12:29
O'zbekiston kubogi finalidan o'rin olgan “Paxtakor” va AGMK jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng himoyachi Saydullo Rahmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastlab o'yin haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz. Nazarimizda jamoaga biroz xarakter yetishmagandek go'yo...
- Nima ham deyishim mumkin. Bahs kutilganidek og'ir o'tdi. Kuchli chempion jamoaga qarshi doim qiyin bo'lib kelgan. Lekin, borimizni berib o'ynashga harakat qildik. Shunda ham omad yetishmadi. Ayrim vaziyatlarda hattoki, birga-bir vaziyatlardan unumli foydalanishda sustkashlikka yo'l qo'ydik. Raqib esa o'zi yaratgan vaziyatlarni golga aylantirdi. Menimcha, ularning yutug'i shunda bo'ldi. Sen urmasang, senga urishadi.

- Ko'rdikki “Paxtakor” butun bahs davomida to'pni va o'yin tizginini nazorat qilib bordi AGMKga birinchi raqam ostida to'p tepishiga nima to'sqinlik qildi?

- Bunday jamoaga qarshi ikkinchi raqam ostida harakatlanishimiz tabiiy edi. Chunki, milliy terma jamoamizni asosini “Paxtakor” futbolchilari tashkil etishadi. Ularga ochiq futbol taklif qilish xato hisoblanishini bilardik. Qarshi hujumlarda imkoniyatimizni kutdik.



- Sizning poziciyangizdan Doston Hamdamov ko'p bor qochib, hujumni rivojlantirishga intildi. Unga etarli darajada qarshilik ko'rsata oldim deb o'ylaysizmi?

- Nafaqat Hamdamov, barcha chiziqdagi futbolchilarini o'rganganimizga qaramasdan, kerakmas joyda xatolar yuz berdi. Baribir, maxorat va texnika o'z so'zini aytdi.

- Tushunib turibmiz, mag'lubiyatdan keyin, ruhiy tushkunlikdan chiqish oson emas. Shunday bo'lsada Liga kubogi finalida jamoadan noodatiy va boshqacha o'yin kutsak bo'ladimi?

- Liga kubogi finalidan oldin Superliga tur uchrashuvlari turibdi. Avval, shu o'yinlar haqida bosh qotiramiz. Umuman, bu borada o'ylashga hali erta.


Abdulaziz suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia