

Garet Sautgeytning Fodenni amerikaliklarga qarshi o'yinga tushirmaslik qarori ekspertlar va muxlislar tomonidan tanqid qilindi. Bu haqda murabbiy o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Fil - super darajadagi futbolchi. U birinchi o'yinda maydonga tushdi, ikkinchi o'yinda esa uni asrashga qaror qildik. Lekin Foden ushbu turnirda muhim rol o'ynaydi, unga hech qanday shubhamiz yo'q. Bizda futbolchimiz bilan bog'liq muammo yo'q", - dedi Sautgeyt.
Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Foden 29 noyabr kuni Uelsga qarshi o'ynaydi.



