Sautgeyt Shveytsariyaga qarshi o'yinda Angliyaning taktikasini o'zgartirishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
4 iyul 2024
Angliya termasi ustozi Garet Sautgeyt Evro-2024 chorak finali doirasida Shveytsariyaga qarshi bellashuvda jamoasi taktikasini o'zgartirishi mumkin.

Guruh va 1/8 final bosqichida inglizlar muxlislar kutgan o'yinni namoyish qila olmadi va ko'plab tanqidlarga sabab bo'ldi. Bo'lajak bahsda murabbiy 4 nafar emas 3 himoyachi bilan o'ynashi mumkin. Fil Foden esa markazroqqa surilib, Jud Bellingem bilan bog'lam hosil qilishi kutilmoqda.

Mark Gexi kartochkalari ko'payib ketgani tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi, uning o'rnini katta ehtimol bilan Ezri Konsa egallaydi. Kayl Uoker ham himoya markaziga ko'chishi mumkin.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Sun