"Sautgempton" Maykl Kinni ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2023
Angliyaning "Sautgempton" klubi "Everton" vakilini o'z safiga ijara asosida qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Premer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan klub "Everton" markaziy himoyachisi Maykl Kinni tarkibiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda. "Avliyolar" uning yetakchilik salohiyati va yuqori darajagi klubdagi tajribasidan jamoaning himoya markazida foydalanmoqchi. 

Shuningdek, klub "Dinamo" Zagreb a'zosi Mislav Orshich bilan ham shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

29 yoshli Maykl Kin joriy mavsumda Mersisayd klubi tarkibida 3 ta o'yinda maydonda ko'rinish berdi. Uning klub bilan 2025 yilgacha amalda bo'ladigan shartnomasi mavjud. Futbolchining ayni paytdagi qiymati 14 mln evroni tashkil etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic