Saudiya Arabistonilik o'yinchi FIFA 18 bo'yicha Jahon chempioni bo'ldi

Narzulla Saydullayev
5 avg 2018
Mossad MSdossary Aldosari – Rogue jamoasining saudiya arabistonilik o'yinchisi – FIFA 18 bo'yicha Jahon chempioni bo'ldi.

Finalda u PSV Esports jamoasida o'ynagan belgiyalik Stefano StefanoPinna Pinnani 4:0 hisobida mag'lub etdi. .

MSdossary 250 ming dollar va Oltin to'p topshirish marosimiga chipta yutib oldi.

StefanoPinna esa 50 ming dollarga ega bo'ldi.

FIFA eWorld Cup bo'yicha Grand-final Londonda 2-4 avgust kunlari bo'lib o'tdi. Sovrin jamg'armasi 400 ming dollarga teng bo'ldi.

Grand-finalga 32 o'yinchi chiqdi, ular orasida MDH davlatlaridan umuman ishtirokchi yo'q edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com