Saudiya Arabistoni ustozi Roberto Manchini kechagi ishi uchun uzr so'radi va iste'fo bermasligini aytdi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2024
Osiyo kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Koreya Respublikasi uchrashuvida penaltilar seriyasida koreyslar g'olib bo'lishdi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Roberto Manchini o'z fikrlarini bildirdi. 

Murabbiy dastlab so'nggi zarba ijro etilishidan avval tribuna ostiga kirib ketgani uchun uzr so'radi va mag'lubiyatga qaramay o'z lavozimini tark etmoqchi emasligini ma'lum qildi.

"Barcha futbolchilarimga o'yin uchun rahmat aytmoqichman. Ular ancha yaxshi o'ynashdi.

Futbolda yutish va yutqazish mumkin. Juda kuchli jamoaga qarshi o'yinda futbolchilarim munosib harakat qilishdi. Biz penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldik, penaltilar seriyasi - lotoreya.

Endi biz bir jamoamiz. Yanada ko'proq ishlashimiz va kuchayishimiz kerakligini tushunib turibmiz. Sababi bunday kuchli jamoalarni mag'lub etmoqchi bo'lsak tinmay ishlashimiz darkor", - dedi Roberto Manchini.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-afc.com