Saudiya Arabistoni terma jamoasida yangi bosh murabbiylikka asosiy nomzod ma'lum

Khoja
25 okt 2024
Saudiya Arabistoni italiyalik mutaxassis Roberto Manchinini iste'foga chiqargach, terma jamoaga yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Fransiyalik Erve Renar jamoaning yangi murabbiyi bo'lishi mumkin. Murabbiy Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2019 yilning iyunidan 2023 yilning martigacha boshqargan.

Renar Saudiya Arabistonidan tashqari Gana, Zambiya, Angola, Kot-d'Ivuar va Marokash terma jamoalariga ustozlik qilgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com