Saudiya Arabistoni terma jamoasi a'zosi Fransiya klubiga o'tdi

Khoja
4 avg 2025, 09:39
"Roma" himoyachisi Saud Abdulhamid faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.

Rimliklar himoyachisini "Lans"ga ijaraga berdi. Fransiya klubi himoyachini sotib olish huquqiga ega. Saud "Lans" tarkibida 23-raqamda harakat qiladi. 

Ma'lumot uchun, "Roma" Saud Abdulhamidni 2024 yilda sotib olgandi. Futbolchi TOP-5 chempionatida o'ynagan ilk saudiyalik sifatida tarixga kirgandi.

Himoyachi o'tgan mavsum Rim klubida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com