Saudiya Arabistoni. Ronalduning xet-triki "Al-Nassr"ga yirik g'alabani taqdim etdi

Aslanov Jasurbek
25 fev 2023, 22:52
Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 18-turidan o'rin olgan bahsda "Al-Nassr" "Damak" klubi mehmoni bo'ldi.

Bahs 3:0 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakun topdi. "Al-Nassr"ning uchchala goli ham jamoaning yulduzli forvardi Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi.

Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ushbu bahsni zaxirada boshladi. Bosh murabbiy 46 daqiqada Masharipovni maydonga tushirdi.


"Damak" - "Al-Nassr" 0:3

Gollar: Ronaldu 18 (pen.), Ronaldu 23, Ronaldu 44.

"Al-Nassr": Alakidi, Al G'annam, Al Amri, Madu (Al Ujami 65), Konan, Al Haybari (Al Hasan 65), G'arib (Maran 83), Gustavo, Ahmad (MASHARIPOV 46), Al Najey (Al Sulayhim 68), Ronaldu.


SAUDIYA ARABISTONI CHEMPIONATI JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia