UFC chempioni: “Ronalduning o'yinlarini yoshligimda kuzatardim. U menga Saudiya Arabistonini yorqin kelajak kutayotganini aytdi”

Eldor Akmurzayev
29 yanv 2023
UFC og'ir vazn divizioni chempioni Frensis Ngannu “Al Nassr” hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan Saudiya Arabistonidagi uchrashuvi haqida gapirdi.

“Ajoyib suhbat qurdik. Krishtianu menga Saudiya Arabistonini yorqin kelajak kutayotganini aytdi. Ko'pchilik buni tushunmaydi, ammo Saudiya Arabistoni juda tez rivojlanmoqda. Va bu erga kelganimdan aynan shuni his qildim. Bu S.Arabistoniga ilk tashrifim va o'zimni qanday tutishni bilmasdim. Biroq, keyin barchasi qoyilmaqom ekanligini tushundim. U erda ham xuddi shunday oddiy hayot.

Yoshligimda Krishtianuning o'yinlarini kuzatardim. Endi esa shaxsan ko'rishdik va u sportning katta muxlisi ekanligini bildim. U sport haqida ko'p narsani biladi, sportni sevadi. U mening janglarimni kuzatgan. U men haqimda kutganimdan ham ko'proq narsani bilar ekan. Bu xurmatga sazovor. Shunchaki, ajoyib”, degan Ngannu.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TMZ Sport