Saudiya Arabistoni hujumchisi MYUda shug'ullanadi

Aslanov Jasurbek
29 mar 2018, 16:40
Saudiya Arabistoni terma jamoasi va "Al-Nasr" hujumchisi Al Sahlavi "Manchester Yunayted"da shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'ldi.

Islom birdamlik sport federatsiyasi prezidenti Turki Al-Shayxning so'zlariga ko'ra, hujumchi ingliz grandida 3 hafta mashg'ulot o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni JCH-2018da "A" guruhidagi Rossiya, Urugvay hamda Misr terma jamoalari bilan keyingi bosqichga chiqish uchun kurashadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru