Saudiya Arabistoni. Ronaldu 921-golini urgan o'yinda "Al Nassr"da qiyin g'alaba

Mirjalol Normatov
31 yanv 2025, 00:14
Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turi doirasidagi "Al Raed" - "Al Nassr" bahsi yakuniga etdi.

Ushbu o'yinda hisobni Krishtianu Ronaldu ochdi. Jarimadan uzatilgan to'pga hujumchi bir teginish orqali darvozani ishg'ol qildi. Bu portugaliyalikning faoliyatidagai 921-goli bo'ldi. Ronaldu jamoasining ikkinchi goliga assist vazifasini bajardi.

"Al Raed" - "Al Nassr" 1:2

Gollar: Krishtianu Ronaldu (35, 0:1), Navaf Buvashl (47, 0:2), Amir Sayud (76, 1:2).

"Al Raed": Meshari Sunyur, Hamad al-Jayzani (Yahyo Sunbul, 65), Abdulloh al-Yusuf (Matias Normann, 65), Zakariya Xavsavi (Holid al-Subai, 73), Mubarak al-Rajeh (Navaf Sahli, 90+6), Abdulloh Hazazi, Amir Sayud, Mehdi Abeid, Yusri Buzuk, Salomon Tve (Raed al-Gamdi, 73), Solih al-Amri.

"Al Nassr": Bento, Sulton al-Gannam, Ali Lajami (Muhammad al-Fatil, 51), Muhammad Simakan, Navaf Buvashl, Marcelo Brozovich, Otavio (Abdulmajid al-Sulayhim, 77), Ali al-Hassan, Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane, Anjelo (Ayman Yahyo, 86).

Ogohlantirish:  Anjelo (2), Marcelo Brozovich (44), Sulton al-Gannam (69), Bento (86), Amir Sayud (90+6).



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia