Saudiya Arabistoni. "Al Nassr" yirik g'alabaga erishdi, Ronaldu 2023 yildagi 54 - golini urdi

Aslanov Jasurbek
31 dek 2023
"Al Taavon" hamda "Al Nassr" o'rtasida Saudiya Arabistoni chempionatining 19-tur o'yini yakuniga etdi.

"Al Taavon" - "Al Nassr" 1:4

"King Abdullah bin Abdulaziz City"

Gollar: 1:0 – 13 El-Maxdiui, 1:1 – 26 Brozovich, 1:2 – 35 Laport, 1:3 – 50 Otavio, 1:4 – 90 Ronaldu.

"Al Taavon" – Mailson, Jirotto, Al Saluli (Al Ahmad, 90), Fagixi (Adam, 67), Medran (Al Roqi, 85), Al Mahdiui, Flavio (Bahusayn, 90), Abdumalik, Barrou, Joao Pedro, Mateus (Al Abdurazzoq, 85).

"Al Nassr" – Al Akidi, Al Ganam, Laport, Al Amri, Telles, Brozovich (Al Sulayhim, 90), Otavio (Al Naji, 90), Taliska (Fofana, 89), Al Haybari, Mane (Garib, 86), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Ronaldu (11), Al Amri (11), Abdulmalik (42), Al Saluli (44), Al Haybari (77).


Ronaldu ushbu bahsda yakuniga etayotgan 2023 yildagi o'zining 54 - golini urishga muvaffaq bo'ldi. Portugaliyalik bu ko'rsatkich bo'yicha Kilian Mbappe (52ta gol) va Xarri Keyndan (52ta gol) uzoqlashib ketdi.


SAUDIYA ARABISTONI CHEMPIONATI JADVALI


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia