Saudiya Arabistoni. 10-turning markaziy o'yinida "Al-Nasr" 2ta gol urib durang qayd etdi

Aslanov Jasurbek
27 dek 2022, 01:17
Saudiya Arabistoni Professional ligasining 10-turida "Al-Nasr" "Al Hilol"ni qabul qildi.

Uchrashuvdagi dastlabki gol Odion Igalo hisobiga yozildi. Ikkinchi taym boshlarida Taliska hisobni tenglashtirdi. Al Dossarining penaltidan urgan zarbasi "Al Hilol"ni hisobda yana oldinga olib chiqdi, biroq G'aribning 88-daqiqadagi goli o'yin durang bilan yakunlanishini taminladi.

Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ushbu bahs qaydnomasiga kiritilmagani sabab o'yinda ishtirok etmadi.

"Al-Nasr" - "Al-Hilol" 2:2

Gollar: Taliska 56, G'arib 88 - Igalo 10, Al Dossari 65.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia