"Sassuolo" direktori: "Lokatelli "Yuventus"ga o'tmoqchi, ammo turinliklar..."

Aziz Tukhtamuradov
30 iyul 2021, 08:56
"Sassuolo" klubi direktori Jovanni Karnevali yarim himoyachi Manuel Lokatellining "Yuventus"ga o'tishi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.

"Lokatelli "Yuventus"ga o'tishni istaydi. Ammo, turinliklar bilan bilan kelishishlari lozim. 

Manuel bo'yicha "Arsenal"dan taklif bor. Shuningdek, yana bir ingliz klubi o'yinga qo'shildi. Shu sababli, Lokatelli qaerga o'tishni hal qilib olishi kerak. Balki u qolishi ham mumkin.

8 avgustdan so'ng biz yulduzimizni sotmaymiz", - dedi Karnevali. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Football Italia