Sardorbek Inomjonov: “Xorazm”ni mag'lub etib vadamizni bajardik”

Narzulla Saydullayev
30 apr 2016, 12:19
Kecha O'zbekiston Birinchiligi 6-tur uchrashuvining markaziy o'yini “Xorazm” - “Zomin” (0:1) uchrashuvidan so'ng, yagona gol sohibining uchrashuv haqida fikrlari bilan qiziqdik.

-   “Kechagi uchrashuv qiziqarli va murosasiz o'tdi. Uchrashuvdan oldin murabbiylarimizga bugun g'alaba qozonamiz deb vada bergan edik va jamoamiz bilan birgalikda vadamiz ustidan chiqdik. Bundan biz juda xursandmiz. Maydon holati biroz yaxshi bo'lmasada lekin g'alaba qozonishimizda bu bizga to'sqinlik qila olmadi. Oldingi turdagi kamchiliklarimizni keyingi turda boshqa takrorlamaymiz va muxlislarimiz ishonchini oqlashda davom etamiz ”, - dedi hujumchi.

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia