"Arsenal"ning yangi mavsumdagi sardori kim bo'ladi?

Alisher Ostonov
16 avg 2025, 16:09
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yangi mavsumda ham sardorlik bog'ichi Martin Edegorda qolishini tasdiqladi.

Qarorni faqat murabbiyning o'zi qabul qilmaydi. Jamoaning aksariyat futbolchilari ham 26 yoshli norvegiyalik nomzodini qo'llab-quvvatladi.

"Men futbolchilardan ovoz berishni so'radim va natijalar mutlaqo aniq bo'ldi. Hamma Martinni tanladi. Bu aynan uning jamoasi o'z yetakchisini - o'z ortidan ergashadigan, qiyin damlarda yordam beradigan va klubni maydonda namoyon etadigan shaxsni ko'rishining eng yaxshi tasdig'idir. Bu yerda hech qanday shubhaga o'rin yo'q", - dedi Arteta.

Edegor 2021 yilda "Arsenal"ga o'tgan. Xavbekning shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Norvegiyalik futbolchi o'tgan mavsumda 45 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: arsenal.com