Sardor Rashidov tez orada “Al-Jazira”ni tark etadi. Unga Saudiya va Qatar klublari da'vogar

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2018, 17:05
O'zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Rashidov “Al-Jazira” safini tark etishga qaror qilgan.

Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, unga Saudiya va Qatar klublari taklif bilan chiqqan.

Rashidov Qatar Yulduzlar Ligasidagi faoliyatidan keyin Amirlik chempionatiga kelib qo'shilgandi. Avvalroq Osiyoning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchisi Umar Abdulrahmon Rashidovni “Al-Ayn” safiga chorladi. Biroq futbolchining o'zi “Al-Jazira”ni afzal bildi.

Ammo Rashidov o'zining orzusi bo'lgan klublar o'rtasidagi Jahon Chempionatining birorta o'yinida maydonga tushirilmadi. U “Al-Jazira”ning to'laqonli asosiy futbolchisiga aylana olmadi.

Futbolchiga aynan qaysi klublar qiziqish bildirayotgani borasida ma'lumot yo'q. “Al-Ayn” yaqindagina Ahmad Halilni o'z safiga qo'shib olgani hisobga olinsa, Rashidov endilikda bu klubga kerak bo'ladimi yoki yo'q - aytish qiyin. Shuningdek, uning “Al-Jazira” bilan shartnomasi qay tariqa bekor bo'lishi borasida ham aniq ma'lumotlar yo'q.

BAA chempionatida Rashidovdan tashqari Otabek Shukurov, Aziz Haydarov va Igor Sergeev kabi futbolchilar ham to'p suradi. Ularda hozircha hammasi joyida.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia