Sardor Rashidov "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi

Оқил Абдубарноев
31 yanv 2022
Tajribali yarim himoyachi Sardor Rashidov faoliyatini "sherlar" safida davom ettiradi.

O'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Sardor Rashidov joriy mavsumni ham "Paxtakor" safida o'tkazadigan bo'ldi. U 2022 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Avvalgi mavsumda Sardor jamoa tarkibida 9 bellashuvda 2 gol muallifiga aylangan va keyinchalik "Kuvayt" klubiga ko'chib o'tgandi. Rashidov erkin agent sifatida "Paxtakor" safini to'ldirdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Пахтакор" ФК матбуот хизмати