Dominikan Respublikasi OTJ sardori O'zbekistonga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyul 2024
Terma jamoa yetakchisi yaqinda Lionel Messi to'p tepadigan jamoani tark etdi.

Dominikan Respublikasi olimpiya terma jamoasi sardori Edison Askona Parij Olimpiadasi 2-turidan o'rin olgan Ispaniyaga qarshi uchrashuvning birinchi bo'limida Pau Kubarsiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, yaqinda "Inter Mayami"dan transfer huquqini to'liq sotib olgan "Las-Vegas" klubiga tegishli yarim himoyachi 3-tur doirasida O'zbekistonga qarshi bellashuvni o'tkazib yuboradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Dominikan Respublikasi uchrashuvi 30 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia