Sardor Rashidov jarohat tufayli "Al Garafa"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2016
"Al Jayish" klubi Qatar Yulduzlar ligasining 18-turidan o'rin olgan "Al Garafa"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Al Jayish" rasmiy saytining ma'lumotlariga ko'ra, Sardor Rashidov "Naft Tehron"ga qarshi OCHL saralash o'yinidan oldin belini shikastlab olgan. Hamyurtimiz Qatar Yulduzlar ligasining 18-tur uchrashuvida ham maydonga tusha olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia