

O'tgan mavsumda 6-o'rinni egallagan "Umm Salal" klubi Rashidovni o'z safiga qo'shib oldi. Sardor kecha "Paxtakor"ning "Qizilqum" ustidan qozonilgan g'alabasiga o'z goli bilan hissa qo'shgandi. Transfer narxi haqida ma'lumot berilmagan.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 600 ming evroga baholagan.
Eslatib o'tamiz, Rashidov bungacha ham Qatarning "Al Jaish" va "Qatar SK" klublari sharafini himoya qilgan.



