Sardor Rashidov: "Bilmadim, to'g'risini aytsam bilmadim"

Narzulla Saydullayev
12 mar 2018
"Lokomotiv" - "Al Duhail" (1:2) uchrashuvidan so'ng Sardor Rashidov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu futbol. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. Omad biz tomonda edi, oxirgi daqiqalarda omad bizdan yuz o'girdi.

O'zgarishlarda xato yo'q. Oldindan bilib bo'lmaydi. Hakamga etirozimiz juda katta.

Keyingi bosqichga chiqishga imkoniyat bormi? Bilmadim, to'g'risini aytsam bilmadim, - deydi Sardor Rashidov SPORT telekanaliga bergan intervyusi chog'ida.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia