Sardor Rashidov "Al-Jazira"da qaysi raqamda o'ynaydi? (foto)

Aslanov Jasurbek
15 sen 2017
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov o'zining yangi klubi - "Al-Jazira"da qaysi raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi.

Futbolchi BAA jamoasida 9-raqam ostida to'p tepadi. Bu haqda Rashidov "Instagram"dagi sahifasida ma'lum qildi va surat joyladi.


Eslatib o'tamiz, BAA chempionatiga bugun start beriladi. "Al-Jazira" o'zining birinchi turdagi uchrashuvini "Ayman" klubiga qarshi o'tkazadi. Bahs bugun Toshkent vaqti bilan 18:40da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia