

- O'yin juda qiziqarli bo'ldi. Bizga faqat omad etishmadi. Raqiblar esa yaratgan ikkita vaziyatini ham golga aylantirishdi. O'yinda ustunlikka erishib, mag'lubiyatga uchrash juda alamli.
Nasib bo'lsa keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rgan holda ajoyib g'alabalarga erishib, bugun yo'qotgan ochkolarimiz o'rnini to'ldiramiz, - deydi Sardor Rahmonov.
“Buxoro” PFK matbuot xizmati.



