

Uchrashuv tashabbuskorlari maktab direktori Shuhrat Nuritdinov hamda Sardorning otasi, shu maktabda jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lgan Muhammad Ziyohiddin Mirzaev hisoblanadi.
"Lokomotiv" klubi safida 2016 yil O'zbekiston chempioni bo'lgan va O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan Sardor Mirzaev o'zi tug'ilib o'sgan Oltiariqdagi maktabning sun'iy maydonida bolalarga o'ziga xos master-klass o'tkazdi. Uchrashuv yakunida futbolchi to'plarga o'z dastxatini qo'yib berdi.






Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia



