Sardor Mirzaev: "Metallurg" o'z uyida yaxshi o'yin ko'rsatadi"

Narzulla Saydullayev
14 sen 2018
Bugun "Lokomotiv" Superliga ikkinchi bosqich doirasidagi dastlabki uchrashuvini o'tkazadi. Bu safar "temiryo'lchilar"ga Bekobod shaxri sharafini himoya qiluvchi jamoa– "Metallurg" raqiblik qiladi.

"Lokomotiv"ning yetakchilaridan biri Sardor Mirzaev mazkur o'yin oldidan klub rasmiy saytiga o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- Kuni kecha jamoamizning ko'p futbolchilari qatori men ham klub mashg'ulotlariga kelib qo'shildim. Bizni oldinda "Metallurg"ga qarshi  jiddiy to'qnashuv kutib turibdi. Ushbu match oldidan asosan tiklanish mashg'ulotlari o'tkazdik. Sababi Milliy terma jamoa yig'ini va o'yin o'rtasida uncha katta vaqt yo'q edi. Umuman olganda, Superligamizning 2 bosqichiga tayyormiz, deya olaman. Bunday darajadagi uchrashuvlarda maydonga tushish hamisha yoqimli. Muxlislar ham chempionatimizning hal qiluvchi o'yinlarida aslo zerikib qolishmaydi. Bu yil hisobidan bizga qarshi "Metallurg" yaxshi qarshilik ko'rsata oldi. Raqibimiz o'z uyida yaxshi o'yin ko'rsatadi. Biz ham o'z navbatida ushbu o'yinda maksimum natija uchun harakat qilamiz. Hali oldinda bizni ulkan g'alabalar kutayotganiga ishonchim komil, - dedi tajribali futbolchi klub rasmiy saytiga.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz