Sardor Eminov: "Neftchi" futbolchisi sifatida ilk g'alabamni qo'lga kiritdim"

Narzulla Saydullayev
13 mar 2016
“Neftchi” – “Navbahor” (1:0) o'yinidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Sardor Eminov bahs haqida fikr bildirdi.

- Haqiqatda ham murakkab bellashuv bo'ldi. “Vodiy derbisi” har doim yuqori tepmda o'tadi. Bugun “Neftchi” futbolchisi sifatida birinchi g'alabamni qo'lga kiritganimdan xursandman. G'alabaning sababi sifatida nimani ko'rsatgan bo'lardim? Bosh murabbiyimiz Andrey Fyodorov raqibga qarshi to'g'ri sport taktikasini tanladi va biz murabbiy bergan ko'rsatmalarni to'g'ri bajardik. Muxlislarga esa rahmat. Ular bizni juda yaxshi qo'llashdi, - dedi Eminov.

"Neftchi" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia