

"Xatolardan so'ng o'zimizga keldik. Rasmiy bahsda g'alaba uchun o'ynaymiz. "Mashal-2" yoshlari bu o'yinda bizga qarshi ikki hissa kuch bilan o'ynaydi. Men bunga to'la ishonaman. O'tgan mavsumlarda birinchi liga jamoasida o'ynab keldim. Hozirda asosiy jamoasidaman. Birinchi liga jamoamizni bu mavsumga tajribali murabbiy Mikola Lapa tayyorladi va uslubni o'zgartirganiga ishonaman. Maydonga tushgan har bir futbolchi futbolni hurmat qiladi. Juda ham qiziqarli va murosasiz o'yin bo'ladi. "Nasaf-2" tushganida ham xuddi shunday tayyorgarlik olib borgan va maydonga tushgan bo'lar edik. "Mashal-2"ga qarshi o'yin "Nasaf-2" bilan o'ynagandan ko'ra osonroq bo'lar edi", - deydi Sardor Abduraimov.




