

U jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi va “Fortuna”ga qarshi o'rtoqlik o'yinining 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuvda dortmundliklar 5:1 hisobida zafar quchgan, Alle esa samarali natija ko'rsatolmadi.
Eslatib o'tamiz, Alle o'tgan mavsum “Ayaks” safida harakat qilgan va 43 uchrashuvda 34+9 natija ko'rsatgandi.



