Saratonni enggan Eduardo Berisso “Atletik”ka bosh murabbiy bo'lishi mumkin

10 may 2018, 00:15
Berisso ishga qaytishga yaqin.

Qayd etilishicha, argentinalik Eduardo Berisso murabbiylik ishiga qaytishga yaqin. Eduardo yozda “Atletik Bilbao” jamoasini qabul qilib olishi mumkin. Ma'lumki, Berisso qishda saraton kasalligi tufayli “Sevilya”ni tark etgan edi. “Atletik” rahbariyati esa klubning amaldagi bosh murabbiy Xose Anxel Sigandaning ishidan norozi. Jamoa hozirda La Ligada 15-o'rinda bormoqda.


Manba: Football Espana