Saraton tufayli davolanish kurslarini o'tagan Alle “Borussiya D” qarorgohiga qaytdi

Eldor Akmurzayev
3 yanv 2023
Bu haqda hujumchining o'zi xabar bergan.

Sebastyan Alle 35 mln evro evaziga “Ayaks”dan “Borussiya D”ga o'tgandi. Iyul oyida unda saraton aniqlangan va shu tufayli u 2 bor operaciya qilingandi.

“Barchani Yangi yil bilan! Va yil men uchun juda yaxshi boshlandi, chunki bu maydonga qaytish bilan sinonimdir! 2022 yil u qadar oson o'tmadi, ammo u meni 2023 yil duch kelishim mumkin bo'lgan barcha yangi qiyinchiliklarga tayyorladi. Barchangiz bilan yana ko'rishishni intiqlik bilan kutmoqdaman”, deya tvit qoldirgan ivuarlik forvard.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru