Saralashni g'alaba bilan boshladik. Turkmaniston U19 - O'zbekiston U19 - 0:1

Narzulla Saydullayev
6 okt 2013
Yoshlar o'rtasidagi 2014 yilgi Osiyo chempionati A saralash guruhida 2-tur uchrashuvlari boshlandi.
Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun Turkmaniston yoshlariga qarshi maydonga tushdi.

Ushbu sahifa orqali o'yinning natijasini va asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi.
 
Uchrashuvning 9-daqiqasida Shomurodovning o'ng qanotdan erlatib berganini Mirjamol Qosimov darvozaga yo'lladi. To'p anchagina balanddan o'tib ketdi.25-daqiqada qarshi hujum natijasida Shomurodov o'ng qanotdan juda qulay kirib borib to'pni Abdievga uzatdi, Asliddin to'pga etolmadi... 40-daqiqaga kelib Turkmaniston Abduraimov darvozasi tomon ilk zarbani berdi. Raqib sardori - Annaev - eng xavfli o'yinchi. Tanaffusga gol bilan chiqib ketishimiz mumkin edi, biroq Maqsud Mahmudovning zarbasi noaniq chiqdi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi.

51-daqiqada Eldor Shomurodov birga-bir chiqdi va raqib darvozaboni ustidan to'pni tashladi... to'p bo'sh darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi... 76-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shilgan Andrey Sidorov to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'yib hisobni ochdi - 0:1.

89-daqiqada qarshi hujumda Qosimov ajoyib harakat bilan Eldor Shomurodovni yakkama-yakka chiqardi. Afsus, u juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Uchrashuvda boshqa gol bo'lmadi va O'zbekiston yoshlari saralashni g'alaba bilan boshlashdi.

Endi Aleksey Evstafeev shogirdlari 8 oktyabr kuni Nepal bilan bellashadilar.

 
Turkmaniston  U19 - O'zbekiston U19 - 0:1 (Ikkinchi bo'lim)
Gol:
Andrey Sidorov 76.
O'ZBEKISTON U-19:
Sherzodbek Abduraimov, Abbosjon Otaxonov (Ulug'bek Xudoyberdiev, 71), Azizbek Mamazoitov, Mehroj G'ulomov, Abdurasul Komilov (Dostonbek Tursunov, 59), Mirjamol Qosimov, Maqsudjon Mahmudov, Bobur Davlatov, Durbek Kamolov, Asliddin Abdiev (Andrey Sidorov, 66), Eldor Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Mirjamol Qosimov 24.

4 oktyabr, juma
Hindiston - Qatar 0:2
Nepal - Turkmaniston 1:2

6 oktyabr, yakshanba
18:30. Turkmaniston - O'zbekiston 0:1
21:00. Nepal - Hindiston

8 oktyabr, seshanba
18:30. O'zbekiston - Nepal
21:00. Qatar - Turkmaniston

10 oktyabr, payshanba
21:00. Qatar - Nepal
18:30. Hindiston - O'zbekiston

12 oktyabr, shanba
18:30. Turkmaniston - Hindiston
21:00. O'zbekiston - Qatar

Vaziyatlar O'zbekiston yoshlar terma jamoasining tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali berib borildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia